“Ko‘cha”ning sudi ko‘chada bo‘ldimi?

“Ko‘cha”ning sudi ko‘chada bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoq va ko‘pchilik saytlar Salimboyni 6 yilga qamab bo‘ldi. Ammo “ko‘cha”ga aloqador sudlanuvchilarning advokatlari hali tergov tugamaganini bildirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan yuritiladigan sud ishlari jadvalida ham nafaqat Salimboy, balki boshqa sudlanuvchilarning mahkamalariga oid ma‘lumotlar yo‘q.

Oliy sud va Sud‘yalar Oliy kengashining voizlari ham sukut saqlamoqdaki, tizimni ichidan bilganim uchun ularni ayblay olmayman, ular bilan gaplashdim. Demak, o‘zi haqiqatda nima bo‘ldi, bilolmaymiz.

“Ko‘cha”ning sudlari ko‘chada o‘tsa ham ajablanmayman, chunki bizning o‘lka qonunlari dekretga chiqib ketganiga a-ancha bo‘lgan.

Assalom, qonun ustivorligisiz yangi rennesans!..

Leave a Reply

Sizning Email manzilingiz chop etilmaydi Shu * belgi joylashtirilgan joylarni to'ldirish shart