Muborakdagi koloniya mahkumi vafot etdi
Muborakdagi koloniya mahkumi vafot etdi
Kecha, 5 yanvar oqshomida O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED tizimidagi 33-sonli manzil koloniya (Qashqadaryo viloyati Muborak tumani)da jazo muddatini o‘tayotgan 1994 yilda tug‘ilgan M.M. vafot etdi.
Mahkum o‘zi boshqarib kelayotgan Spark rusumli avtomobilda boshqaruvni yo‘qotib, Qarshi tumani Markaziy shifoxonasi hududidagi daraxtga urilgan.
Falokatlar bo‘lishi mumkin, yigitni Alloh rahmatiga olsin! Ammo tug‘iladigan savol: qamoq jazoni o‘tash joyidan tashqari mahkumning hayoti uchun ham javobgar muassasa emasmi? Jazo muddatini o‘tayotgan mahkum viloyat markazida nima qilib yuribdi? JIED maʼmuriyati vaziyatni qanday izohlaydi?