“Ezgulik” jamiyatining navbatdagi qurultoyi bo‘lib o‘tdi

“Ezgulik” jamiyatining navbatdagi qurultoyi bo‘lib o‘tdi

24 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining navbatdagi Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda jamiyatning viloyatladagi bo‘limlaridan saylangan delegatlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, NNTlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Jamiyat Ustaviga ko‘ra, tashkilotning eng yuqori organi bo‘lgan Qurultoyda jamiyatning Markaziy boshqaruvi aʼzolarini, Boshqaruvi raisi va o‘rinbosalrlarini saylash, taftish komissiyasi hisobotini eshitish singari muhim masalalar muhokama qlinadi.

Qurultoyda viloyat bo‘limlari rahbarlari, Markaziy boshqaruv raisi va o‘rinbosari, shuningtek, taftish komissiyasi hisoboti eshitildi. Qurultoy ishtirokchilari hisobotlarni qoniqarli, deb topishdi va so‘ng tashkiliy masala ko‘rildi.

Ustavga ko‘ra, viloyat bo‘limlari raislari va Markaziy boshqvaruvi raisi, uning o‘rinbosalari, bosh yurist-konsultant Markaziy boshqaruv aʼzolari etib saylandi. Jamiyat Markaziy boshqaruvi raisi lavozimiga A. Tashanov, uning o‘rinbosari lavozimiga Sh. Mirzaaliyeva muqobil nomzodlar ichidan saylandi.

Qurultoyda jamiyat faoliyatiga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati matbuot xizmati

Leave a Reply

Sizning Email manzilingiz chop etilmaydi Shu * belgi joylashtirilgan joylarni to'ldirish shart