Bloger Emine Karamanova 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Bloger Emine Karamanova 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi appelyatsiya sudlov hayʼatining 13 dekabr kungi sud majlisida Emine Karamanova (Lenara Miraaxmedova)ga nisbatan quyi instansiya sudining 7,5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi.
47 yashar bloger O‘zbekiston Respublikasi JKning 139- (Tuhmat), 140- (Haqorat) va 165- (Tovlamachilik) moddalari bilan ayblangan.
Tergov organi tomonidan blogerga qo‘yilgan JKning 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastarata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish) va 228- (Hujjatlarni qalbakilashtirish) aybi uning zimmasidan chiqarib tashlangan.
Tovlamachilik epizodi bo‘yicha jabrlanuvchi Yangiyo‘l tumani hokimligi mutasaddisidir.
Bloger jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.