To‘rtko‘l sudi raisiga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani sudi raisi S. Atabayevning o‘qituvchi-bloger Zafar Ataxanovga nisbatan adolatsiz, boz ustiga, o‘ta chalkash va tushununarsiz qaror chiqarganini tanqid ostiga olgandik.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi sudya S. Atabayevga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlanganini maʼlum qildi.
Kengash, xususan, uning matbuot xizmatiga adolatsizlikka qarshi kurashdagi jonbozligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Umid qilamizki, tekshiruvlar shaffof va adolatli olib boriladi.